Maishiy chiqindilarni o`z vaqtida olib ketilishi nazoratga olindi
Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilgan Beshariq tumani Yangihayot mahallasida yashovchi B.Baxodirov “Toza hudud” tashkilotiga to`lovni amlaga oshirgan bo`lishiga qaramasdan, maishiy chiqindilarni tashib ketish ishlari kechikayotganligi masalasida norozligini bildirgan.
Murojaat asosida o`tkazilgan o`rganishlarda joriy yil oktyabr oyi boshlarida murojaat egasi yashaydigan hudud bo`yicha maishiy chiqindilarni olib ketish borasida jadvaldan chetga chiqish holatlari kuzatilganligi, natijada nafaqat mazkur mahalla fuqarolar yig`inida, balki yana bir qator mahallalarda shu kabi holatlar kuzatilganligi maʼlum bo`ldi.
Vaziyat yuzasidan “Toza hudud” DUK tuman filialidan jadvaldan chetga chiqish holatlari bo`yicha bildirilgan eʼtirozning o`rinli ekanligi, ushbu holatning kelib chiqish sabablaridan biri esa ko`rsatilayotgan xizmatlar uchun isteʼmolchilardan to`lovlarning o`z vaqtida kelib tushmaganligi sababidan korxonaga qarashli transport vositalariga ishlatilgan yoqilg`i bo`yicha qarzdorlik yuzaga kelganligi, lekin shunga qaramasdan faoliyatdagi mazkur kamchilik bartaraf etilib, yuqoridagi hududlarga haftaning chorshanba va payshanba kunlari belgilangan grafik asosida toʼlaqonli xizmatlar ko`rsatilishi bo`yicha rasmiy javob olindi.
— Murojaatim bo`yicha “Toza hudud” tashkilotidan va Federatsiyaning tuman bo`limidan vakillar kelishdi va o`rganishlar o`tkazishib, bizga yuzaga kelgan vaziyat va muammolar, shuningdek huquq va majburiyatlarimiz bo`yicha atroflicha tushuntirishlar berishdi, — deydi o`rganish natijalari bo`yicha tuman jamiyatiga bergan minnatdorchilik xatida B.Baxodirov, — Ular tomonidan bundan buyon maishiy chiqindilar hududdan belgilangan grafik asosida tashib ketilishi nazoratga olinganligi maʼlum qilindi. O`rganish natijalari bo`yicha eʼtirozim yo`q.
Ulug`bek Juraev
Beshariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий