Hududiy birlashma Kengashining navbatdagi yig‘ilishida Federatsiya raisi ishtirok etdi
Hududiy birlashma Kengashining 2020 yil yakunlari va joriy yil istiqboldagi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazilib, unda Federatsiya raisi Jahongir Toshpulatovich Sarimsoqov ishtirok etdi.
Yig‘ilishda tuman va shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan o‘tgan 2020 yilda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning iste’molchilik huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borgan ishlari hamda hududlarda «Iste’molchilar uyi» loyihasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisobotlari, shuningdek tizim tashkilotlarining joriy yilda «Mahallabay» tizimi asosida viloyat hududida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.
Kengash yig‘ilishida hududiy birlashma ish faoliyatiga oid boshqa tashkiliy va joriy masalalar ham ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Отправить комментарий