Qonun qabul qilinganining 25 yilligi arafasida
Hududiy birlashmaning 2021 yil asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasi asosida Oltiariq tumanida «Yuksak iste’mol madaniyati sari» mavzusi ostida tashkillangan tadbirda tumandagi kommunal idoralar mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘z olganlar joriy yil 26 aprelda O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilinganiga 25 yil to‘lishi, iste’molchilikka oid Konstitusion huquqimizni ta’minlab berilishi maqsadida qabul qilingan mazkur 30 moddadan iborat qonun ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar, qonun ijrosini ta’minlashda ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazorati mexanizmlaridan unumli foydalanish, aholi (iste’molchilar)ning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish borasidagi istiqboldagi vazifalar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirilib, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlar va qonunosti hujjatlari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yishda hamkorlikda olib borilishi rejalashtirilayotgan ishlar xususida o‘zaro fikr va mulohazalar almashdilar.
Tadbir doirasida mahallabay tizimida aholi bilan ishlashda kommunal idoralar va iste’molchilar jamoat birlashmalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan takliflar ham bildirib o‘tildi. Barchaning iste’molchi ekanligidan, sohaga oid qonun va qarorlarning to‘laqonli ijrosidan barchaning manfaatdorligidan kelib chiqqan holda, tadbir ishtirokchilarini iste’molchilik ijtimoiy harakatida faol ishtirok etishga chaqirildi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Отправить комментарий