Asossiz qarzdorliklar bartaraf etiladigan bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Quva tuman Xalq qabulxonasiga G‘alaba mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi M.Xolmatova va Z.Xolmatovlarning tabiiy gaz bo‘yicha qarzdorlikdan norozi bo‘lib qilgan murojaatlari tegishliligi bo‘yicha tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.
O‘rganuv ishlari davomida mutaxassislar gaz idorasi xodimi bilan birgalikda iste’molchi Z.Xolmatov xonadonida bo‘lganlarida xonadon 2004 yilda gazlashtirilganligi, iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun to‘lovlar muntazam amalga oshirib kelinayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Xonadondagi eski gaz hisoblash uskunasi 11598 m3 ko‘rsatkich bilan yangi zamonaviy uskunaga almashtirilib, dalolatnoma rasmiylashtirilgan. Dalolatnomaning bir nusxasi iste’molchida qoldirilib, ikkinchisi gaz idorasining komp’yuter operatorlariga topshirilgan. Lekin komp’yuter operatorlari iste’molchining shaxsiy hisobvaraqalariga xatlov kiritish jarayonida yuqoridagi ko‘rsatgichni 11598 m3 o‘rniga 12060 m3 ko‘rsatib bazaga kiritib yuborilshi natijasida iste’molchida 462 m3 ga yoki 175 560 (bir yuz yetmish besh ming besh yuz oltmish) so‘m asossiz qarzdorlik yuzaga kelgan.
Iste’molchi murojaatini o‘rganish jarayonida amalga oshirilgan to‘lovlar qayta hisob-kitob qilinganda, iste’molchining haqiqatda 47 320 so‘m qarzdorligi mavjud bo‘lgani holda, bazaga ortiqcha kiritib yuborilgan ko‘rsatkich bilan qo‘shilib uning qarzdorligi 222 880 so‘mga aylanganligi ma’lum bo‘ldi.
Yana bir holat. Ushbu hududda yashovchi yana bir fuqaro X.M. ning murojaati ham o‘rganilishi jaaryonida gaz idorasi xodimlari tomonidan gaz hisoblash uskunasining ko‘rsatgichi noto‘g‘ri kiritilishi natijasida iste’molchida 101 339 so‘m asossiz qarzdorlik yuzaga kelganligi ma’lum bo‘ldi.
Yuqoridagi holatlar, ya’ni iste’molchilarga nisbatan hisoblangan asossiz qarzdorliklarni bartaraf etish yuzasidan tuman jamiyati tomonidan gaz idorasiga aloqa xati chiqarildi va o‘z navbatida gaz idorasidan iste’molchilarga hisoblangan asossiz qarzdorliklarni bartaraf qilinganligi yuzasidan javob xati olindi.
Ahmadjon Tuxtaboyev
Quva tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий