Masala mahalla ahli foydasiga hal bo‘ladigan bo‘ldi
Beshariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ijro etuvchi apparati mutaxassislari tomonidan tumandagi “Qum” MFYda yashovchi bir guruh iste’molchilarning “Toza hudud” MChJ xizmatlaridan norozi bo‘lib, qilgan murojaatlari o‘rganildi.
Fuqarolar murojaatlari asosida o‘rganish ishlari olib borilishi davomida, ushbu hududda yashovchi ko‘pchilik fuqarolar yilning fevral-sentyabr oylarida dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish faoliyati bilan Toshkent viloyati hududida mavsumiy ishlarda band bo‘lishlari, bu esa ularning mahalla ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga taalluqli bo‘lgan turli yangiliklar hamda ayrim yangi tartib-qoidalardan bexabar qolishlariga ham sabab bo‘lishi mumkinligi, korxona tomonidan hududga nazoratchi vazifasiga biriktirilgan ma’sul xodim tomonidan mahalla ahlini amaldagi tartib-qoidalar bilan yaqindan tanishtirish chora-tadbirlarini ko‘rilmaganligi, oila a’zolari sonini tasdiqlovchi dalolatnomalardan iborat ma’lumotni korxona rahbariyatiga o‘z vaqtida taqdim etmaganligi va boshqa shu kabi bir qator sabablar abonentlarda debitor qarzdorliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.
Mahallada o‘tkazilgan o‘rganish ishlari yakunlari bilan “Toza hudud” MChJ rahbariyati 2022 yilning mart oyidan sentyabr’ oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘idagi davr to‘lovlarini qayta hisob-kitob qilish yo‘li bilan aniqlangan 483 000 so‘m qarzdorlikni korxona ichki tartibiga asosan ichki harajatlar hisobidan qoplash to‘g‘risida qaror qabul qildi. O‘rganish ishlari jarayonida taraflarga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari, shuningdek ommaviy shartnomalarning mazmun-mohiyati yuzasildan atroflicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
Xamidjon Axmedov
Beshariq tuman jamiyati raisi
Отправить комментарий