3-may – Jahon matbuot erkinligi kuni
BMT Bosh Assambleyasining 1993-yil 20-dekabrdagi rezolyusiyasiga ko‘ra, 1994-yildan boshlab har yili 3-may – Jahon matbuot erkinligi kuni sifatida nishonlanib kelinadi.
Matbuot erkinligi ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotidagi o‘rnini belgilaydi. Erkin matbuot jamiyat ravnaqining eng muhim shartlaridan biridir.
Yurtimizdagi barcha matbuot xodimlari, jurnalistlarni 3-may – Jahon matbuot erkinligi kuni bilan samimiy muborakbod etamiz! O‘tkir qalamingiz, teran so‘zingiz bilan adolat yo‘lida kurashish va bu orqali mamlakatimiz rivojiga hissa qo‘shishdek mas’uliyatli faoliyatingizda omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
Отправить комментарий