Iste’molchining qurilish materiallarining sifatiga nisbatan bildirgan e’tirozi asosli bo‘lib chiqdi
Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning «Mo‘yan» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi M.X.ning xarid qilingan qurilish materiallarining sifatsiz chiqqanligi va uning bu boradagi e’tiroziga do‘kon mas’ullarining rad javob berganligi holatini o‘rganib chiqib, qonuniy hal qilib berish to‘g‘risidagi murojaati o‘rganildi.
Iste’molchining so‘zlariga ko‘ra, u Quvasoy shahridagi qurilish mollari do‘konidan 12 000 000 so‘mlik qurilish materiallari (shpaklevka, sement va b.)ni xarid qilgan, lekin ularni ishlatish ulardan ayrimlarini sifatsizligi ma’lum bo‘lgan. Sotuvchiga bu borada bildirgan e’tiroziga esa qanoatlantiruvchi javob olmagan.
Shahar jamiyati mutaxassislari murojaatni o‘rganishda e’tiroz bidirilgan qurilish materiallarini ko‘zdan kechirgach, sotuvchi bilan amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirish ishlari olib bordilar. Sotuvchiga yuzaga kelgan vaziyatda iste’molchining huquqlari va uning majburiyatlari tushuntirildi. Natijada iste’molchi tomonidan xarid qilinib, sifatsiz deb topilgan 5 300 000 so‘m miqdoridagi qurilish materiallari maqbul sifatdagisiga almashtirib berilishiga erishildi.
Farxodjon Xaydarov,
shahar jamiyati raisi.
Отправить комментарий