Tovarda kafolat muddati ichida aniqlangan nuqson bepul bartaraf etilishi lozim

Tovarda kafolat muddati ichida aniqlangan nuqson bepul bartaraf etilishi lozim

Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Buvayda tumanida yashovchi N.Y.ning Qo‘qon shahridan xarid qilingan mobil telefon apparatining nuqsonli chiqanligi va sotuvchiga bu borada qilgan murojaati e’tiborsiz qoldirilayotganligi yuzasidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

O‘rganishda ma’lum bo‘lishicha, Nokia 8210 rusumli telefon apparati Qo‘qon shahridagi “Buyuk ipak yo‘li” savdo kompleksi hududida joylashgan, tadbirkor U. A. ga qarashli bo‘lgan “Mobil Sentz 999” savdo do‘konidan, bir yillik kafolat muddati bilan 940 000 so‘mga xarid qilingan. Iste’molchi telefondan foydalanish jarayonida unda nuqson mavjudligini aniqlaganidan keyin, sotuvchiga kafolat muddati ichida ushbu nuqsonni bepul bartaraf etib berilishi borasida murojaat qiladi. Lekin bundan ijobiy natija chiqara olmagach, Federatsiya ishonch telefoniga murojaat qiladi.

Shahar jamiyati mutaxassislari murojaat asosida soutvchi bilan uchrashib, unga amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirishlar berdilar. Shundan so‘ng sotuvchi iste’molchi tomonidan nuqsonli telefon apparati olib kelinishi bilan yuzaga kelgan nuqsonni tezlikda bepul bartaraf etib berish chora-tadbirlarini ko‘rishi to‘g‘risida yozma bildirgi berdi.

Muhammadjon O‘lmasov,
shahar jamiyati mutaxassisi.

Отправить комментарий