Yana bir qazdorlikning asossizligi ma’lum bo‘ldi
Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning Yangi Farg‘ona ko‘chasida istiqomat qiluvchi K.M.ning ichimlik suvi to‘lovlari bo‘yicha hisoblangan 2 300 000 so‘m qarzdorlikning asossizligi va uni bartaraf etilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.
Murojaat o‘rganilishi jarayonida iste’molchi tomonidan ichimlik suvi uchun to‘lovlar muntazam to‘lab kelinganligi, unda qarzdorlik mavjud emasligi, qarzdorlik esa ichimlik suvi ta’minoti korxonasi bazasiga hisoblagich ko‘rsatgichlarini noto‘g‘ri kiritilishi oqibatida kelib chiqqanligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu holat «Farg‘ona suv ta’minoti» AJ Marg‘ilon shahar bo‘limiga kiritilgan so‘rovga olingan javob xati bilan ham tasdig‘ini topdi.
O‘rganish yakunlari bilan iste’molchiga hisoblangan 2 300 000 so‘m qarzdorlikning asossizligi ma’lum bo‘lib, uni suv ta’minoti korxonasi tomonidan tegishli tartibda bartaraf qilinishi choralari ko‘rildi.
Nigora Usmonova,
shahar jamiyati mutaxassisi.
Отправить комментарий