Barchamiz – isteʼmolchimiz!

Har yili viloyatimizdagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o`quvchilari o`rtasida “Men – yosh isteʼmolchiman” mavzusida bir bosqichli insholar tanlovi o`tkazilishi anʼanaga aylangan.
Mazkur tanlovga 1000 nafardan ortiq o`quvchilar jalb qilinadi. Har bir ishtirokchi tuman-shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari mutaxassislari va hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat hakamlar hayʼati tomonidan tanlov Nizomi asosida xolis baholanish natijasida g`olib deb, eʼtirof etilgan o`quvchilarga Xalqaro isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish kuni oldidan diplomlar hamda qimmatbaho sovg`alar topshiriladi. Ularni munosib rag`batlantirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari bilan tanishtirish maqsadida “Biz barchamiz – isteʼmolchimiz” aktsiyasi doirasida yurtimizning tarixi qadamjolariga sayohatlar uyushtiriladi.
Shuningdek, Xalqaro isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish kunini munosib kutib olish maqsadida barcha akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida “Biz barchamiz – isteʼmolchimiz” aktsiyasi o`tkazilib, aktsiya doirasida ta`lim muassasalarida isteʼmolchilik harakatining dunyoda va O`zbekistonda vujudga kelishi, rivojlanishi, uning Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan eʼtirof etilishi, bu borada qabul qilingan qonun va qonunosti meʼyoriy hujjatlari haqida maʼruzalar o`qiladi.