Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida iste’molchilarning ma’lumot olish huquqi ta’minlab berilyaptimi?
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tomonidan Raqobat boshqarmasi so‘rovi asosida viloyat hududidagi savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida, bozorlar, yirik savdo va ko‘ngilochar markazlar, haoli bilan shartnomaviy va pulli hisob-kitoblar asosida ishlovchi korxona va tashkilotlarda iste’molchilar uchun zarur axborotlarni taqdim etilishi holatlari bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazildi. O‘rganishlar, tanlama asosda, aholiga yuqoridagi xizmatlarni ko‘rsatib kelayotgan 52 ta sub’ektlarda o‘tkazildi.
O‘rganishda «Iste’molchilarning uhquqlarini himoya qilish to‘g‘risila»gi qonuni 5-moddasi talablari ijrosi ta’minlanishi, xususan sotuvchi (ijrochi) o‘z tashkilotining firma nomi, uning joylashgan (yuridik) manzili va ish tartibini iste’molchilarga ma’lum qilishi shartligi, bunday ma’lumot lavhada aks ettirilishi lozimligi bo‘yicha majburiyatlarni bajarilishi ko‘rilganda, sub’ektlarning 24 tasida binoning kirish qismida peshlavhasi mavjudligi va u iste’molchilar e’tiboriga davlat tilida havola qilinganligi ma’lum bo‘lgan bo‘lsa, jami 28 ta, shundan Farg‘ona shahri, Qo‘shtepa va Uchko‘prik tumanlarida 1 tadan, Farg‘ona, Quva, Toshloq. Yozyovon, Oltiariq va Beshariq tumanlarida 2 tadan, Quvasoy shahri, Bag‘dod, O‘zbekiston tumanlarida 3 tadan, Rishton tumanida 4 ta sub’ektlarda peshlavhalar umuman qo‘yilmaganligi kuzatildi. Bu esa tanlama asosda o‘rganilgan sub’ektlarning 53,8 % ini tashkil qiladi.
Savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarining aksariyatida yoki 42 tasida (80,8 %) da qonunning 6-moddasi talablari, ya’ni tovar (ish, xizmat)larning tegishli tartibda tayyorlangan narxnomalari qo‘yilganligi va ularning davlat tilida ekanligi qayd qilingan bo‘lsada, 9 ta sub’ektda, xususan Quvasoy shahri va Oltiariq tumanida 1 tadan, Farg‘ona va Uchko‘prik tumanlarida 2 tadan, Yozyovon tumanida esa 3 ta holatda mazkur talablar bajarilmaganligi kuzatilgan.
Sotuvchi (ijrochi) iste’molchiga tovarlar savdosi, maishiy va boshqa turdagi xizmat ko‘rsatishning qoidalari to‘g‘risida iste’molchilarga to‘liq ma’lumot berishi shart va bunday ma’lumot, an’anaga ko‘ra, «Iste’molchi burchagi» yoki «Axborot burchagi» tarzida iste’molchilar e’tiboriga havola qilinishi kerak. Shuningdek, ushbu ma’lumotlar davlat tilida taqdim qilinmog‘i lozim. Mazkur talablar ijrosi o‘rganilgan sub’ektlarning 16 tasida yoki 30,8 % idagina bajarilgan. Toshloq va Uchko‘prik tumanlaridagi 1 ta, Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlari, Farg‘ona, Quva va Qo‘shtepa tumanlaridagi 2 ta, Quvasoy shahri, Oltiariq, Bag‘dod, O‘zbekiston va Beshariq tumanlaridagi 3 ta, Yozyovon va Rishton tumanlaridagi 4 tadan sub’ektlarda esa ushbu talablar ijrosi ta’minlanmaganligi kuzatildi.
O‘rganish ishlari davomida amaldagi qonunchilik talablari targ‘iboti olib borilib, uning yakunlari bo‘yicha tayyorlangan ma’lumotnoma Raqobat boshqarmasiga kiritildi.
(foto sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan)
Post Comment