“2023 yilning o‘tgan 7 oyi davomida Federatsiya tizimida iste’molchilar murojaatlarini o‘rganish natijalari: muammo va yechimlar» || Brifing

“2023 yilning o‘tgan 7 oyi davomida Federatsiya tizimida iste’molchilar murojaatlarini o‘rganish natijalari: muammo va yechimlar» || Brifing

Tadbir O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari hamda viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan media tadbirlar rejasiga asosan “2023 yilning o‘tgan 7 oyi davomida Federatsiya tizimida iste’molchilar murojaatlarini o‘rganish natijalari: muammo va yechimlar» mavzusida o‘tkazildi.

 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Farg‘ona viloyat boshqarmasi boshqarmasi xodimlari, Federatsiya tizimida mehnat foaliyati olib borayotgan xodimlar, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi Axborot xizmati rahbari G‘ayratjon Mamatkulov kun tartibidagi masala yuzasidan, ya’ni hisobot davrida Federatsiya, xususan viloyat hududiy birlashmasi tizimida iste’molchilar murojaatlari bilan ishlash, ularni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan axborot berib o‘tdi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Post Comment