Ma’lumotlarni noto‘g‘ri kiritilishi oqibatida iste’molchida katta miqdorda qarzdorlik yuzaga kelgan

Ma’lumotlarni noto‘g‘ri kiritilishi oqibatida iste’molchida katta miqdorda qarzdorlik yuzaga kelgan

Toshloq tumani «Tog‘liq» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi L. A. tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan hisoblangan asossiz qarzdorlikni bartaraf qilib berilishini so‘rab tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma ravishda murojaat qilgan.

Fuqaro murojaatida tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan yashash xonadonining elektr energiyasi iste’moli uchun 5 200 000 so‘m miqdorida qarzdorlik kiritilganligini, mazkur qarzdorlikni asossizligini ma’lum qilgan holda, holatga oydinlik kiritilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘raydi.

Tuman jamiyati tomonidan mazkur murojaatda ko‘rsatilgan vajlarga aniqlik kiritish maqsadida hamda murojaatni samarali o‘rganishni tashkil qilishda hamkorlik qilinishini so‘rab tuman elektr ta’minoti korxonasiga so‘rov xati kiritildi. Shu asoslarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida esa yuzaga kelgan katta miqdordagi qarzdorlik summasi elektr ta’minoti korxonasi xodimlarining ma’lumotni noto‘g‘ri kiritishi oqibatida kelib chiqqanligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu holat dalolatnoma asosida rasmiylashtirilib, asossiz qarzdorlik summasini PK elektron hisob dasturidan olib tashlanishiga hamda iste’molchi zimmasidan soqit qilinishiga erishildi.

Shohistaxon Rahimova,
tuman jamiyati bosh mutaxassisi.

Post Comment