Qonunchilik asoslari targ‘iboti yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda
Toshloq tumani
Hududdagi 3-umumta’lim maktabi pedagogik jamoasi ishtirokida «Huquqiy bilim bilan huquqiy madaniyat sari» mavzusida o‘quv seminari tashkillanib, tadbir doirasida amaldagi qonunchilik asoslari targ‘iboti bilan birgalikda, mamlakatimizda davlat va nodavlat tashkilotlari o‘rtasida keng qamrovli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun asos bo‘lib xizmat qilayotgan «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonun hamda iste’mol sohasiga oid qonunchilik ijrosi ishida keng jamoatchilik ishtirokini ta’minlab berishga xizmat qiluvchi «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi qonunlari mazmun-mohiyati yuzasidan ham tushuntirishlar berib o‘tildi.
Yozyovon tumani
Tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari hududdagi sport maktabi jamoasi bilan uchrashib, sohaga oid qonunchilikka so‘nggi kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, sohani yanada rivojlantirish, unda nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokini yanada kengaytirish yo‘nalishida Prezident va Hukumat tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlar mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tdilar.
Tizim tashkilotlari tomonidan o‘tkazilayotgan barcha tadbirlar doirasida ishtirokchilarning sohaga oid savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarilib, ularning mavzuga oid taklif va mulohazalari ham tinglanib borilmoqda.



Post Comment