Maktabgacha ta’lim dargohlarida o‘tkazilayotgan tadbirlar tizimli asosda davom ettirilmoqda
Beshariq tumanidagi 28-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari ishtirokida “Biz barchamiz iste’molchimiz” mavzusida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida muassasa tarbiyachilariga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi xamda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunlar mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi.
Shuning birgalikda, yuqoridagi qonunlar ijrosini ta’minlash, ularning ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati olib borish, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida Federatsiya va uning hududiy organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham axborotlar berib o‘tilib, tadbir ishtirokchilarining sohaga oid masalalardagi savollariga javoblar qaytarildi.
Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi targ‘ibot-tashviqot tadbirlari davom ettirilmoqda.
Baxtiyor Juraev
Beshariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment