Iste’mol madaniyati targ‘iboti
Uchko‘prik tumanidagi 2-umumta’lim maktabida «Iste’molchilik sohasidagi huquqlaringizni bilasizmi?» mavzusidagi o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ul xodimlari so‘z olib, iste’molchi kim, u qanday huquq va majburiyatlarga ega, ularning huquqlari poymol bo‘lgan taqdirda kimga yoki qaerga murojaat qilish kerak kabi savollarga alohida to‘xtalib batafsil tushunchalar berdilar.
Seminar ishtirokchilari mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga, javoblar olish barobarida, turmushlari va faoliyatlarida duch kelayotgan muammolar yuzasidan huquqiy maslaxatlar ham olishdi.
Tadbirda so‘z olganlar tomonidan tashkillangan tadbir haqida ijobiy fikrlar bildirib o‘tilib, kelgusida ham bunday tadbirlarni tashkillagan holda, mehnat jamoasi a’zolarining huquqiy bilimlarini oshirib borish borasidagi istaklarini aytib o‘tdilar.
Nargizaxon Sheralieva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment