Iste’molchilik ijtimoiy harakatini keng qaror toptirish yo‘lida tadbirlar o‘tkazilmoqda

Iste’molchilik ijtimoiy harakatini keng qaror toptirish yo‘lida tadbirlar o‘tkazilmoqda

Beshariq tumanidagi 35-maktabgacha ta’lim muassasasida tashkillangan navbatdagi tadbir “Iste’molchilar huquqlari qonun himoyasida” deb nomlanib, unda maktab o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirda barchaning iste’molchi ekanligidan kelib chiqib, yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatini yanada rivojlantirish va bu boradagi jamoatchilik nazoratini keng yo‘lga qo‘yilishidan aholining barcha qatlamlari manfaatdorligiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘tgan yil dekabr’ oyida Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida qabul qilinayotgan qarorlar ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini keng yo‘lga qo‘yish va unda jamoatchilikning keng ishtirokini ta’minlash bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda Federatsiya va uning hududiy organlarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratib o‘tildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarning iste’molchilik sohasiga oid savollariga tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.

Baxtiyor Juraev
Beshariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment