O‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida kelib tushayotgan murojaatlar ham hal qilib borilmoqda

O‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida kelib tushayotgan murojaatlar ham hal qilib borilmoqda

Uchko‘prik tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularni tizimli hal qilish, sohaga oid qonunlar va qonunosti me’yoriy hujjatlari mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazish maqsadida tumandagi tashkilot, korxona va muassasalarda uchrashuvlar, davra suhbatlari, o‘quv seminarlar o‘tkazib kelmoqdalar. Shusning barobarida, mazkur tadbirlar doirasida fuqarolar tomonidan og‘zaki va yozma shaklda berilgan murojaatlarga ham o‘z vaqtida yechim topib borilmoqda.

Shunday murojaatlardan biri Mirzaxo‘ja qishlog‘ilik fuqaro R. Tagirov tomonidan berilgan bo‘lib, unda u mahallasidagi ichimlik suvi ta’minotidagi yetishmovchiliklar bo‘yicha o‘z shikoyatini bildirgandi.

Murojaat “Farg‘ona suv ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati tuman bo‘limi mutaxassislari ishtirokida atroflicha o‘rganib chiqildi.

O‘rganuv davomida tumandagi Gul qishlog‘ida joylashgan ichimlik suvi inshootidan Mirzaxo‘ja qishlog‘idagi mahallalarga ichimlik suvi yetkazib berilishi, mavjud ichimlik suvi qudug‘iga yangi ESV-8-40-90 markali ichimlik suvi nassosi o‘rnatilganligi, Mirzaxo‘ja qishlog‘i aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 120 metrli VPP kabeli hamda ichimlik suvi minorasi ishga tushirilib, 35 metrli suv ko‘tarish trubasi suv qudug‘iga o‘rnatilganligi, ushbu quduqdan barcha xonadonlarga toza ichimlik suvi tarmog‘i kiritilganligi va tizim bir maromda ishlab turganligi kuzatildi.

Fuqaroning murojaatida ko‘rsatib o‘tilgan holat ko‘cha kolonkalari masalasichi? Ma’lum bo‘lishicha, ko‘chaga o‘rnatilgan ichimlik suvi nuqtalaridan aholi foydalanmaganligi va ushbu suvga berkitish jo‘mraklari o‘rnatilmaganligi sababli, isrofgarchilikning oldini olish, shuning bilan birgalikda aholi xonadonlaridagi suvning bosimini kuchaytirish maqsadida suv ta’minoti tashkiloti chilangarlari tomonidan berkitilgan. Bunga holatga to‘g‘ri baho bergan mahalla ahli tomonidan ham e’tirozlar bo‘lmagan.

Murojaatni o‘rganish jarayonida mahalla fuqarolariga amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari ham o‘tkazildi.

Nargizaxon ShERALIYEVA
Uchko‘prik tumani IHHQJ matbuot va axborot bo‘yicha mutaxassisi

Post Comment