Iste’mol madaniyatini targ‘ib qilish yo‘nalishidagi tadbir

Iste’mol madaniyatini targ‘ib qilish yo‘nalishidagi tadbir

Uchko‘prik tumanidagi 8-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan tadbir “Yuksak iste’mol madaniyati sari» mavzusida bo‘ldi.

Tadbir tashkilotchilari – tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ul xodimlari yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berdilar. Xususan, iste’molchi kim, u qanday huquq va majburiyatlarga ega, huquqlari poymol bo‘lgan taqdirda o‘z huquqlarini himoya qilish uchun qanday harakatlarni amalga oshirishi kerak, zarur hollarda kimga yoki qaerga murojaat qilish mumkin kabi masalalarga alohida to‘xtalib, batafsil tushuntirishlar berdilar.

Shuning bilan birgalikda ishtirokchilar mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar hamda kundalik turmushlari va faoliyatlarida duch kelayotgan muammolar yuzasidan huquqiy maslaxatlar ham olishdi.

Nargizaxon Sheraliyeva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment