Tibbiyot muassasalari xodimlari bilan yuzma-yuz muloqotlar davom ettirilmoqda
Xabar berib borayotganimizdek, Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan shahardagi korxona, tashkilot, idora va muassasalarda sohaga oid qonunchilik asoslarini keng targ‘ib qilish bo‘yicha tadbirlar o‘ktaib borilmoqda. Shahardagi 3-oilaviy poliklinika xodimlari ishtirokida tashkillangan tadbir shular jumlasidandir.
O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida avval amaldagi qonunchilik asoslari, sohaga daxldor qonunlar ijrosini ta’minlashda Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi organlarining tutgan o‘rni va roli, ushbu jarayonda aholining ishtiroki, jamoatchilik nazoratining ahamiyati masalalarida tushunchalar berib o‘tildi.
Shundan so‘ng, muassasa xodimlarining iste’molchilik sohasida yuzaga kelayotgan muammoli masalalari yuzasidan murojaatlari tinglanib, ulardan qo‘shimcha o‘rganishni talab qilmayganlari joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar esa tegishli ravishda qayd qilib olinib, ijroga qaratildi.
Hoshimjon Muhammedjanov
Marg‘ilon shahar IHHQ jamiyati bosh mutaxassisi
Post Comment