Tibbiyot muassasasi xodimlari bilan yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

Tibbiyot muassasasi xodimlari bilan yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

Qo‘shtepa tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan sohaga oid amaldagi qonunchilik, Federatsiya Ustavi bilan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hududidagi tibbiyot muassasalarining mas’ullari va ishchi-xodimlari bilan yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan xodimlarning huquqiy savdoxonligi va iste’mol madaniyatini oshirish, ularning amaldagi qonunchilik va qonunosti me’yoriy hujjatlari mazmun-mohiyati hamda bu boradagi yangiliklar bilan tanishtirish, Federatsiya a’zolarining holidan xabar olish va ularning murojaatlari, amaldagi qonunchilik va tizim faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflarini o‘rganishdan iborat.

Mazkur tadbirlar tizimli asosda tuman hududidagi barcha tibbiyot muassasalarida tizimli asosda davom ettiriladi.

Ma’rifatxon Saidova
Qo‘shtepa tuman jamiyati raisi

Post Comment