Icte’molchilar bilan muloqot

Icte’molchilar bilan muloqot

Bag‘dod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari tuman hududidagi korxona, tashkilot, idora va muassasalarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘iboti yuzasidan turli ma’naviy-ma’rifiy hamda targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazib kelmoqdalar. Shunday tadbirlardan biri tumandagi Qorako‘l mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazildi.

«Fuqarolar murojaatlari hamisha e’tiborda» mavzusida o‘tkazilgan mazkur tadbirda dastlab tuman jamiyati raisi Sherzodjon Muxamov mavzu yuzasidan tadbir ishtirokchilariga tushuntirishlar berib o‘tdi. Shundan so‘ng savol-javob va muhokamalarga o‘tildi.

Muhokamalar jarayonida mahalla vakillari o‘zlarini qiynab turgan muammolar, qiziqtirgan savollar yuzasidan jamiyat raisi va mutaxassislariga murojaat qildilar. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar tegishli ravishda rasmiylashtirilib, o‘rganib chiqilishi uchun jamiyat mutaxassislariga chiqarildi.

Diloram Mirzayeva
Bag‘dod tumani IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment