Qarzdorlik asossiz bo‘lib chiqdi

Qarzdorlik asossiz bo‘lib chiqdi

Qo‘shtepa tumani «Balandmasjid» mahalla fuqraolar yig‘ini hududida yashovchi A.R.ning iste’mol qilingan tabiiy gaz to‘lovlari bo‘yicha asossiz qarzdorlik hisoblanayotganidan norozi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasiga qilgan murojaati tegishliligi bo‘yicha Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganildi.

Iste’molchi murojaati asosida olib borilgan o‘rganish ishlarida murojaat egasining «Xumdon» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan xonadoniga zamonaviy ASKUG gaz hisoblash uskunasi o‘rnatilganligi, xonadon egalari tomonidan tabiiy gaz uchun amalga oshirilgan to‘lovlarni hisoblagich ko‘rsatkichlari asosida qayta hisob-kitob qilinganda xonadonning qarzdorligi mavjud emasligi, mazkur xonadonga haqiqatda ham 600 ming so‘m miqdorida qarzdorlik hisoblanganligi, mazkur qarzdorlikning esa texnik xatolik tufayli yuzaga kelganligi ma’lum bo‘ldi.

O‘rganish natijalari bilan texnik xatolik sababli elektron bazaga kirib qolgan qarzdorlik bo‘yicha tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, yuzaga kelgan noreal qarzdorlikni tez fursatda bartaraf qilish chora-tadbirlari belgilandi.

Saidxon Xapizov
Marg‘ilon shahar jamiyati mutaxassisi

Post Comment