Sifati talabga javob bermagan tovarning puli qaytarib olindi

Sifati talabga javob bermagan tovarning puli qaytarib olindi

Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan shaharning B.Marg‘iloniy ko‘chasida yashovchi fuqaro M. N.ning O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

Fuqaro o‘z murojaatida shahardagi «Ipakchi buyum bozori»dan 280 ming so‘mga sotib olgan ko‘ylak sifatsiz chiqqanligi va ushbu sifatsiz tovarni sotuvchiga qaytarib, to‘lagan pulini qaytarib olishida amaliy yordam so‘ragan.

Olib borilgan o‘rganishlar natijasi M. N.ning murojaatida keltirilgan vajlarning asosligini ko‘rsatdi. O‘rganish ishlari yakunlari bilan sifati talabga javob bermagan ko‘ylak sotuvchiga, uning uchun to‘langan 280 ming so‘m pul esa iste’molchiga qaytarildi.

Saidxon Xapizov
Marg‘ilon shahar jamiyati mutaxassisi

(illyustrativ foto)

Post Comment