Iste’mol kreditiga olingan kondisioner nosoz chiqdi

Iste’mol kreditiga olingan kondisioner nosoz chiqdi

Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari shu tumanlik F.M.ning xarid qilingan maishiy texnika tovarida kuzatilgan nuqson bo‘yicha murojaatini o‘rgandilar.

Murojaatda bildirilishicha, iste’molchi kredit savdo do‘konidan 2022 yilning noyabr oyi oxirlarida qiymati 9 mln 500 ming so‘mlik «AVALON ART-09XQ 9000 BTU» markali kondisionerni ise’mol krediti shartlarida, qiymatini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib oladi. Ammo uyga olib kelib o‘rnatilgan kondisioner ko‘ngildagidek ishlamagan. Hattoki joriy yilning mart oyida radiator nosozligi tashxisi bilan bir marta servis xizmatlari ko‘rsatilishi ham holatni o‘nglamagan. Sotuvchi bilan nuqsonli tovarni pulini qaytarish masalasida kelisha olmayotganligi bois bu borada amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab Federatsiyaning Toshloq tuman jamiyatiga murojaat qilgan.

Fuqaro murojaatini o‘rganish jarayonida sotuvchi bilan uchrashilib, yuzaga kelgan holat bo‘yicha muzokaralar hamda qonunchilik targ‘iboti shilari olib borilganidan so‘ng, sotuvchi iste’molchidan tovarni qaytarib olib, uning o‘tgan davr davomidagi to‘lovlaridan hosil bo‘lgan salkam bir million so‘m pulini qaytarilishiga erishildi.

Shohistaxon Rahimova
Toshloq tuman jamiyati mutaxassisi

Post Comment