Ma’lumot olish huquqi to‘laqonli ta’minlansa turli tushunmovchiliklarni oldi olinadi

Ma’lumot olish huquqi to‘laqonli ta’minlansa turli tushunmovchiliklarni oldi olinadi

Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Muqimiy ko‘chasida yashovchi A.J.ning O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

Murojaatni o‘rganish davomida ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi Furqat ko‘chasida joylashgan tadbirkor M.M.ga tegishli savdo do‘konidan muddatli to‘lov shartnomasi asosida “Iphone 12 Pro» rusumli telefon apparatini xarid qilgan. Xarid jarayonida iste’molchiga ushbu telefon avval iste’molda bo‘lganligi to‘g‘risida tushuntirishlar berilgan. Iste’molchining e’tirozi esa mobil qurilmaga iCloud dasturi o‘rnatilganligi uni ushbu qurilmadan foydalanishida noqulaylik tug‘dirayotganligi bilan bog‘liq bo‘lgan. Ushbu dasturning o‘rnatilishi esa sotuvchiga muddatli to‘lovga sotilgan mobil qurilma uchun mijoz o‘z vaqtida to‘lovlar amalga oshirib borilmagan taqdirda uni masofadan turib bloklab qo‘yish imkonini beradi. Sotuvchilar balki shu yo‘l bilan mijozlarga to‘lov madaniyatini singdirmoqchi bo‘lishar.

O‘rganish davomida tomonlarga amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari bo‘yicha targ‘ibot ishlari o‘tkazildi. Qonun talablariga ko‘ra, agar xaridorga sotilgan mobil qurilmada shunday dastur o‘rnatilgan bo‘lsa, bu haqda xaridor oldindan ogohlantirilishi, unga bu borada tushuntirishlar berilishi, ushbu holat o‘zaro shartnomada aks etishi lozimligi yuzasidan tushuntirishlar berildi. O‘rganish yakunlari bilan, iste’molchiga berilgan tushuntirishlardan so‘ng, mazkur dastur telefonga sotuvchi va iste’molchi o‘rtasidagi kelishuv natijasi bilan o‘rnatiladigan bo‘ldi.

Muhammadjon O‘lmasov
Qo‘qon shahar jamiyati mutaxassisi

Post Comment