To‘lov summasi o‘z vaqtida bazaga kiritilmaganligi qarzdorlikka sabab bo‘lgan
Yozyovon tumani «Ittifoq» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi E.X.ning ichimlik suvi to‘lovlaridan asossiz qarzdorlik hisoblanayotganligi holati bo‘yicha yozma murojaati o‘rganildi.
Iste’molchi o‘z murojaatida, ichimlik suvi uchun o‘zaro hisob-kitob qilish uchun “Farg‘ona suv ta’minoti” MChJning Yozyovon tuman bo‘limiga kelganida unga ichimlik suvidan 301 000 (uch yuz bir ming) so‘m qarzdorligi mavjudligini aytishganligini, uning mazkur to‘lovlardan qarzi yo‘qligini, o‘zining sa’y-harakatlari bilan ushbu masalaga oydinlik kirita olmaganligini bayon qilib, masalaga aniqlik kiritib berilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.
Murojaat suv ta’minoti idorasi mas’ullarini jalb qilgan holda o‘rganilishi jarayonida iste’molchi murojaatidagi vajlar asosli ekanligi tasdig‘ini topdi. Ma’lum bo‘lishicha, 301 ming so‘m qarzdorlikni kelib chiqishiga korxona xodimi tomonidan naqd pulda olingan to‘lovni o‘z vaqtida bazaga tushirilmaganligi sabab bo‘lgan. O‘rganish davomida amaldagi qonunchilik talablari bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi hamda xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan yondoshgan xodimlarga tegishli choralar ko‘rilishi tushuntirilib, o‘tkazilgan qayta hisob-kitob ishlari natijalari bilan murojaatchiga iste’mol qilingan ichimlik suvi uchun to‘lovlardan qarzdorligi yo‘qligi ma’lum qilindi.
Shavkatjon Saidov
Yozyovon tuman jamiyati mutaxassisi
Post Comment