Iste’molchining oldindan to‘lovdaligi ma’lum bo‘ldi
Quva tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Toshkent» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi I.I.ning xonadoniga ichimlik suvi to‘lovlaridan chiqarilgan 624 000 so‘m qarzdorlikka aniqlik kiritilib berilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab yozgan arizasi o‘rganib chiqildi.
O‘rganishda iste’molchi xonadoniga suv hisoblagich uskuna o‘rnatilganligi, to‘lovlar uning ko‘rsatkichlari asosida amalga oshirib borilayotganligi, suv hisoblagichning o‘rganish kunidagi ko‘rsatkichi 761 metr kubni tashkil qilib, iste’molchi tomonidan hisoblagichning 841 metr kub ko‘rsatkichiga qadar to‘lov amalga oshirilganligi yoki hisoblagich ko‘rsatkichlari bo‘yicha iste’molchi qarzdor emas, aksincha 80 metr kubga haqdorligi ma’lum bo‘ldi.
Tuman jamiyati tomonidan o‘rganish yakunlari bilan, yuzaga kelgan asossiz qarzdorlikni bartaraf qilinishi va bazadan chiqarib yuborilishi chora-tadbirlarini ko‘rilishi uchun, “Farg‘ona suv ta’minoti” MChJ tuman bo‘limiga xat kiritildi.
Feruza Umurzaqova,
tuman jamiyati bosh mutaxassisi.
Post Comment