Ichimlik suvi to‘lovlaridan yuzaga kelgan asossiz qarzdorlik bartaraf qilindi
Buvayda tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Bumozor» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi M.U.ning ichimlik suvi to‘lovlaridan yuzaga kelgan qarzdorlikka oydinlik kiritib berilishida amaliy yordam so‘rab Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilingan murojaati o‘rganildi.
O‘rganishda ma’lum bo‘lishicha, murojaat egasining xonadoniga 2020 yilning mart oyida ichimlik suvi iste’molchisi sifatida hisob raqami ochilgan bo‘lib, hujjatlar uning otasi nomiga rasmiylashtirilgan. Ichimlik suvi yetkazib beruvchi korxona tomonidan iste’molchiga to‘lovlardan 427000 so‘m miqdorida qarzdorlik yuzaga kelganligi ma’lum qilinib, qarzdorlikni bartaraf qilinishi so‘ralgan. Iste’molchining xonadoniga o‘rnatilgan ichimlik suvi hisoblagichi ko‘rsatkichlari va amalga oshirilgan to‘lovlar ko‘rilganda, ko‘rsatkich 81 metr kubni, iste’molchi tomonidan 73 metr kub ko‘rsatkichga qadar to‘lov amalga oshirilganligini, o‘rganish kunida iste’molchining haqiqatdagi qarzi 8050 so‘mni tashkil qilayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Tuman jamiyati va korxona mas’ullari ishtirokida mahallada o‘tkazilgan o‘rganish ishlari jarayonida iste’molchi yashovchi mahallada suv bosimining pastligi, tez-tez uzilishlar va tarmoqdan suv kelishining to‘xtab qolishi holatlari sodir bo‘lib turishi, natijada hisoblagich bo‘yicha haqiqatda iste’mol qilingan suv miqdori va bazaga ko‘rsatkichlarni kiritib borishda farq yuzaga kelib, asossiz qarzdorlik kelib chiqishiga sabab bo‘lganligi qayd qilindi. Asossiz qarzdorlik 97-sonli xatlov dalolatnomasi asosida bartaraf etildi.
Asrorjon Yigitaliyev,
tuman jamiyati raisi.
Post Comment