O‘z vaqtida ado etilmagan majburiyat e’tirozlarni keltirib chiqaraveradi

O‘z vaqtida ado etilmagan majburiyat e’tirozlarni keltirib chiqaraveradi

Iste’molchi va xizmat ko‘rsatuvchi o‘rtasida tuziladigan shartnomalarda tomonlarning bir qator huquqlari belgilab berilishi qatorida ularga muayyan majburiyatlar ham yuklanadiki, tomonlarning o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini o‘z vaqtida, to‘laqonli ado etib borishlari kelgusida bu borada turli e’tirozlar kelib chiqishini oldini oladi. Aks holda turli kelishmovchiliklar kelib chiqib, masalaga uchinchi shaxs yoki tashkilotlarning aralashuviga qadar borib yetishiga ham sabab bo‘ladi.

Yozyovon tumani «Markaziy Farg‘ona» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi A.K. ham xonadonida internet tarmog‘i yaxshi ishlamayotganligi borasidagi e’tirozi bilan tuman telekommunikasiya tarmog‘iga murojaat qilgach, holat mazkur tashkilot tomonidan o‘rganib chiqilavermaganidan so‘ng O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ishonch telefoniga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

Murojaat tegishli ravishda qayd qilib olingach, tuman jamiyati yuzaga kelgan holatga aniqlik kiritilib, tarmoqda yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan nuqsonni bartaraf qilinishi chora-tadbirlarini ko‘rilishi yuzasidan tuman telekommunikasiya tarmog‘iga xat kiritdi. Uning asosida mazkur tashkilot tomonidan olib borilgan ishlar natijasi bilan esa iste’molchining xonadonidagi internet tarmog‘idagi nuqson bartaraf etildi.

– Mening Federatsiya ishonch telefoniga qilgan murojaatim asosida o‘sha kunni o‘zidayoq internet ishga tushirib berildi. Buning uchun sizlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, – deydi iste’molchi murojaatini o‘rganish yakunlari bo‘yicha tuman jamiyatiga bergan minnatdorchilik xatida.

Rahmatillo Shodmonov,
tuman jamiyati bosh mutaxassisi.

Post Comment