Bir haftayam ishlamagan elektropechning puli qaytarildi
Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning Mustaqillik ko‘chasida yashovchi M.A.ning xarid qilingan tovarda nuqson chiqqanligi va uni sotuvchiga qaytarishda muammoga duch kelayotganligi holati yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.
Iste’molchi murojaatida nuqsonli chiqqan tovar – elektropechni Farg‘ona shahridagi bozordan 1 200 000 so‘mga xarid qilganligini, elektropech bir hafta ishlamasdan buzilib qolganligini, sotuvchiga bu haqdagi o‘z e’tirozlari bildirgan holda uchrashib, tovarni almashtirish yoki pulini qaytarish talabiga esa rad javobi olganligini ma’lum qiladi.
Shahar jamiyati mutaxassislari murojaatni o‘rganish asnosida sotuvchi bilan uchrashib, unga amaldagi qonunchilik talablari, shuningdek iste’molchining qonuniy talablarini asossiz rad etish natijasida kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar yuzasidan tushuntirishlar berganlaridan so‘ng, sotuvchi nuqsonli tovarni qaytarib olib, iste’molchining pulini qaytarishni afzal ko‘rdi.
Farxodjon Xaydarov,
shahar jamiyati raisi.
Post Comment