Beshariq tuman jamiyati grant loyihasini amalga oshirmoqda
Beshariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat kengashi huzuridagi Jamoat fondining granti sohibi bo‘lgan edi. Loyiha «Sog‘liging o‘z qo‘lingda» deb nomlanib, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, tibbiy va ekologik madaniyatni yuksaltirish yo‘nalishida ishlar olib borishni ko‘zda tutadi. Tuman jamiyati tomonidan Tibbiyot birlashmasida tashkillangan tadbir ana shu loyihada ko‘zda tutilgan tadbirlardan biri hisoblanadi.
Tadbirda ijtimoiy sherikchilik asosida hamkor tashkilotlar bilan loyihani amalga oshirish yo‘nalishida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi asosida olib boriladigan ishlar, xususan tumandagi har bir sektorlardagi mavjud oilaviy shifokorlik punktlari va poliklinikalarda tibbiyot xodimlari va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini targ‘ib qilish, ularning tibbiy madaniyatini oshirish, yuqumli kasalliklarga chalinish holatlarini oldini olish maqsadida mavzuga oid bukletlar, bannerlar, zarur axborot, eslatmalar va tarqatma materiallarni tayyorlash va yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir doirasida ajratilgan grant mablag‘lari hisobidan xarid qilingan hamda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishda foydalaniladigan, umumiy qiymati 22 047 000 so‘mlik, 2 dona bo‘y o‘lchagich, bolalarda uchraydigan yuqori nafas yo‘llari kasalliklarini davolash uchun 20 dona ingolyator, 13 dona elektron raqamli vazn o‘lchagich, 33 dona fonendoskop-tonometr, 11 dona qandli diabet o‘lchagich (glyukometr) kabi tibbiy buyum va jixozlar oilaviy shifokorlik punktlari va oilaviy poliklinikalar mas’ullariga topshirildi.
Xamidjon Axmedov,
tuman jamiyati raisi.
Post Comment