Nuqsonli elektrosamokat maqbul sifatdagisiga almashtirildi

Nuqsonli elektrosamokat maqbul sifatdagisiga almashtirildi

Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning Sohibqiron Temur ko‘chasida yashovchi T.Yo.ning 3 650 000 so‘mga olingan elektrosamokatning nuqsonli chiqqanligi va uni almashtirish yoki pulini qaytarib olishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.

Murojaat egasi arizasida oldi-sotdi jarayonida elektrosamokat quvvatlagichisiz sotilganini, quvvatlagich o‘sha kuni kechqurun keltirib berilganini, ikki kun o‘tib samokatda nuqson kuzatilib, sotuvchining tavsiyasi asosida ustaga olib borishgan, texnik ta’mirlash ishlarini o‘z hisoblaridan amalga oshirishgani, lekin oradan 5 kun o‘tib, yana nuqsonlar chiqa boshlaganini bayon qilib, samokatni maqbul sifatdagisiga almashtirilishida yoki pulini qaytarib olishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘raydi.

Shahar jamiyati mutaxassislari murojaatni o‘rganilishi davomida tadbirkorga yuzaga kelgan holatda iste’molchi huquqlari va sotuvchi majburiyatlari, ushbu majburiyatlarni to‘laqonli bajarmaslik natijasida kelib chiquvchi huquqiy oqibatlar yuzasidan tushuntirishlar berganlaridan so‘ng, sotuvchi nuqsonliligi da’vo qilingan elektrosamokatni maqbul sifatdagisiga almashtirib berdi va muammo iste’molchining foydasiga hal qilindi.

Usmonjon Ruziyev,
shahar jamiyati mutaxassisi.

(illyustrativ foto)

Post Comment