Nuqsonli deb topilgan maishiy buyumning puli qaytarib olindi
Oltiariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Shodiyona» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi M.A.ning tuman markazida joylashgan savdo do‘konlarining biridan xarid qilgan maishiy buyumning nuqsonli chiqqanligi sababli pulini qaytarib olishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.
Ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi tomonidan e’tiroz bildirilgan tovar – sharbat chiqargich (sokovijimalka) tuman markazida savdo faoliyatini olib borayotgan yakka tartibdagi tadbirkor B.D.ga qarashli savdo do‘konidan 430 000 so‘mga sotib olingan. Iste’molchi undan foydalanishi jarayonida yoqimsiz hid chiqarib ishlagani sababli sotuvchiga qaytarib olib kelgan. Sotuvchi uni ishlatib ko‘rsatib berganidan so‘ng qaytarib olib ketganidan keyin ham texnik buyumni ishlashida ijobiy o‘zgarish kuzatilmagan.
Tuman jamiyati mutaxassislari sotuvchi bilan bu borada uchrashganlarida uning tomonidan iste’molchi bildirgan vajlarga nisbatan ortiqcha e’tirozlar bo‘lmadi va o‘rganish ishlari iste’molchining 430 000 so‘m pulini qaytarilishi bilan yakun topdi.
Dilobar Dadaxonova,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Post Comment