Beshariqda targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Beshariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining 2024-yil asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasi asosida tumandagi Veterinariya bo‘limida «Iste’molchilar huquqlari – qonun himoyasida» mavzusida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.
Aholining qatlamlari vakillarining, xususan turli korxona, tashkilot, idora va muassasalarda mehnat faoliyati olib borayotgan ishchi xodimlarning iste’molchilik huquqiy bilim saviyasi va huquqiy va iste’mol madaniyatini oshirishni ko‘zda tutuvchi mazkur tadbirda Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari faoliyati, tizim tashkilotlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborotlar berib o‘tilib, tadbir qatnashchilarini yurtimiz iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyatida faol ishtirok etishga chaqirildi.
Tadbir doirasida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka oid so‘nggi yangiliklar yuzasidan ham axborotlar berib o‘tilib, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savolllarga javoblar qaytarildi.
Baxtiyor Jurayev,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Post Comment