Qo‘shtepada targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
Qo‘shtepa tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan tumandagi 1-kasb-hunar maktabi mehnat jamoasi ishtirokida amaldagi qonunchilik targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
“Iste’molchilar huquqlari qonun himoyasida” deb nomlangan mazkur tadbirda mamlakatimizda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, sohaga oid yangiliklar, iste’molchilik ijtimoiy haarkati vakili bo‘lgan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy tashkilotlari tomonidan yurtimizda iste’molchilarning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborotlar berib o‘tildi.
Tadbir doirasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, ta’lim muassasasi va tuman jamiyati o‘rtasida ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirishga kelishib olindi.
Post Comment