Fargʻona viloyati hududiy birlashmasi Kengashi yigʻilishi: faoliyat yakunlari va kelgusi vazifalar muhokama qilindi
Oʻzbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi Fargʻona viloyati hududiy birlashmasi Kengashining 2026 yilning toʻqqiz oyida amalga oshirilgan ishlar yakunlariga bagʻishlangan navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilish kun tartibidan Federasiya Kengashining 2026 yil 14 oktyabrdagi majlisi qarorlari, hududiy birlashma hamda tuman va shahar jamiyatlarining joriy yil toʻqqiz oylik faoliyati yakunlari, kadrlar bilan ishlash va xodimlar malakasini oshirish, shuningdek, tizimda amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish masalalari oʻrin oldi.
Yigʻilishda Federasiya Kengashi qarorlaridan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish, hududiy birlashma va quyi boʻgʻinlar faoliyati samaradorligini oshirish hamda iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tuman va shahar jamiyatlarida kadrlar salohiyatini mustahkamlash, xodimlarning kasbiy bilim va amaliy koʻnikmalarini oshirish, mavjud boʻsh ish oʻrinlariga malakali mutaxassislarni jalb etishga alohida e’tibor qaratildi.
Tizimda amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng va sifatli yoritish, aholiga iste’molchilar huquqlariga oid ma’lumotlarni oʻz vaqtida yetkazish hamda jamoatchilik bilan samarali muloqotni rivojlantirish masalalari ham koʻrib chiqildi.
Yigʻilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olinib, hududiy birlashma va tuman-shahar jamiyatlari faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan tashkiliy hamda joriy masalalar muhokama qilindi.



Post Comment