Huquqiy savodxonlik — sifatli tibbiy xizmatning muhim omili
Qo‘shtepa tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan Tibbiyot birlashmasi Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasiga qarashli Ftiziopulmonologiya bo‘limida tibbiyot xodimlarining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirdan asosiy maqsad tibbiyot xodimlarining iste’molchilar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid bilimlarini mustahkamlash, tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonida qonunchilik talablariga rioya etishning ahamiyatini tushuntirishdan iborat bo‘ldi.
Muloqot davomida ishtirokchilarga iste’molchilarning sifatli va xavfsiz xizmatdan foydalanish huquqi, xizmat ko‘rsatish jarayonida iste’molchiga zarur va tushunarli axborot berish, murojaat va takliflarga e’tiborli munosabatda bo‘lish kabi masalalar yuzasidan tushunchalar berildi.
Ayniqsa, tibbiy xizmat sohasida iste’molchi va xizmat ko‘rsatuvchi o‘rtasidagi ishonch, ochiq muloqot va mas’uliyat muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Chunki tibbiy xizmatda inson salomatligi va hayoti bilan bog‘liq masalalar ustuvor bo‘lgani uchun xizmat sifati bilan bir qatorda bemorning huquqlarini hurmat qilish ham muhim talab hisoblanadi.
Tadbir jarayonida tibbiyot xodimlarining qiziqishlari inobatga olinib, ularni o‘ylantirayotgan savollar yuzasidan fikr almashildi. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi huquqiy bilimlarni muntazam oshirib borish, bu boradagi qonunchilik yangiliklaridan xabardor bo‘lish zarurligi qayd etildi.
Huquqiy savodxon tibbiyot xodimi — o‘z vazifasini mas’uliyat bilan bajaradigan, bemor huquqlarini hurmat qiladigan va sifatli xizmat ko‘rsatishga intiladigan mutaxassisdir.
Shu kabi targ‘ibot tadbirlarining muntazam o‘tkazilishi tibbiyot muassasalarida iste’molchilar huquqlariga rioya etish madaniyatini yuksaltirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va aholi ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.



Post Comment