Vatan taraqqiyoti yo‘lida — ezgu maqsadlar sari

Vatan taraqqiyoti yo‘lida — ezgu maqsadlar sari

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona tuman jamiyati tashabbusi bilan tuman hududidagi 3-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida «Vatan taraqqiyoti yo‘lida» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va yurt taqdiriga daxldorlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, jamiyatda faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Davra suhbatida ta’lim tashkiloti pedagoglari, xodimlari hamda Farg‘ona tuman jamiyati vakillari ishtirok etdi. Suhbat davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, aholi farovonligini yuksaltirish, inson huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, iste’molchilarning huquqiy madaniyatini oshirish, o‘z huquq va manfaatlarini bilishi hamda ulardan foydalana olishi muhim ekani ta’kidlandi. Ayniqsa, bolalarga sifatli ta’lim va tarbiya berish, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish kelajak avlod kamoloti va yurt taraqqiyotining muhim omili ekani qayd etildi.

Tadbir ishtirokchilari Vatan ravnaqi va jamiyat taraqqiyoti har bir fuqaroning o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishi, qonunlarga hurmat va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi bilan chambarchas bog‘liq ekanini ta’kidladilar.

Davra suhbati ochiq muloqot va samimiy fikr almashuv ruhida o‘tib, ishtirokchilarda Vatan taqdiriga daxldorlik, mas’uliyat va faol fuqarolik pozisiyasini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Post Comment