Iste’molchining huquq va majburiyatlarini tushuntirish va targ‘ibot qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilmoqda

Iste’molchining huquq va majburiyatlarini tushuntirish va targ‘ibot qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilmoqda

Uchko‘prik tumanidagi 6-maktabgacha ta’lim muassasasida «Iste’molchi kim? Uning huquq va burchlari nimalardan iborat?» mavzusidagi o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ul xodimlari so‘z olib, iste’molchi kim, u qanday huquq va majburiyatlarga ega, ularning huquqlari poymol bo‘lgan taqdirda kimga yoki qaerga murojaat qilish kerak kabi savollarga alohida to‘xtalib batafsil tushunchalar berdilar.

Seminar ishtirokchilari mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga, javoblar olish barobarida, turmushlari va faoliyatlarida duch kelayotgan muammolar yuzasidan huquqiy maslaxatlar ham olishdi.

Tadbirda so‘z olganlar tomonidan tashkillangan tadbir haqida ijobiy fikrlar bildirib o‘tilib, kelgusida ham bunday tadbirlarni tashkillagan holda, mehnat jamoasi a’zolarining huquqiy bilimlarini oshirib borish borasidagi istaklarini aytib o‘tdilar.

Nargizaxon Sheraliyeva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment