Har bir murojaat ortida inson taqdiri turibdi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi tizimida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash alohida e’tibor qaratiladigan yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi organlarida mehnat foaliyati olib boaryotgan mutaxassislar har bir murojaat ortida inson taqdiri turganligini chuqur anglagan holda, ularda ko‘tarilgan masalalarni e’tibordan chetda qoldirmaslikka, o‘rganish ishlari natijalari bilan ularni iste’molchining foydasiga ijobiy hal qilishga intiladilar.
Federatsiyaning Buvayda tumani jamiyati ham bu ishlardan chetda qolmaslikka astoydil harakat qilib kelmoqda. Bunga tuman jamiyatiga D.Qosimzoda, N.Usmonova, B.Ortiqova, A.O‘rinboevlarning yangi qurilgan uy tomiga o‘rnatish uchun sotib olingan shiferlar sifatsiz chiqqanligi, sotib olingan kompressor maqbul sifatda emasligi sababli to‘langan mablag‘larni qaytarib olish, ikki yoshgacha bolalar nafaqasi olishdagi huquqlari buzilganligi, jamoat transporti korxonalari tomonidan yo‘l haqlarini asossiz ravishda oshirilganligi va elektr ta’minotida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab bildirilgan murojaatlarini misol qilib olishimiz mumkin.
Mazkur murojaatlarni o‘rganilib ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilar foydasiga millionlab so‘m mablag‘larni qayta hisob-kitob qilishga erishilgan. Shuningdek, murojaatlarda keltirilgan ayrim vajlarning vakolatiga kiruvchi qismlari bo‘yicha tegishli tartibda choralar ko‘rilishi uchun nazorat qiluvchi organlarga ham yuborilmoqda.
Biz xalqimizning iste’molchilik huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida xalqimiz uchun mehnat faoliyati olib boaryotganligimizdan faxr tuygan holda, kelgusida bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirishga, sifat va son jihatidan yanada yaxshilashga intilib boraveramiz. Zero, xalqimizga xizmat qilish barchamizning muqaddas burchimizdir.
Shukrullo Qambarov
Buvayda tumani IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment