Yuzma-yuz muloqotlardan maqsad fuqarolarning iste’molchilik ijtimoiy harakatida faol ishtirokini ta’minlash

Yuzma-yuz muloqotlardan maqsad fuqarolarning iste’molchilik ijtimoiy harakatida faol ishtirokini ta’minlash

Beshariq tuman iste’molchilar huquqlarni himoya qilish jamiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 martdagi “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqiy va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-5012-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrdagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 414-sonli qarori asosida aholi (iste’molchilar) murojaatlari bilan ishlash, aholining muammolarini tizimli o‘rganish va aniq hal etilishida samarali jamoatchilik nazorati o‘rnatilishini ta’minlash maqsadida ijtimoiy sheriklik asosida Federatsiyaning Tayanch guruh (boshlang‘ich tashkilot) larini tashkil etish yuzasidan nodavlat-notijorat tashkilotlar hamkorligida aholining huquqiy ongi, iste’mol madaniyatini yanada oshirish, bu sohada amalda bo‘lgan qonunlar mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida uchrashuvlar, yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazilmoqda.

Shunday tadbirlar tumandagi maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli barcha muassasalarda tashkil etilmokda. “Iste’molchilar huquqlari qonun himoyasida” mavzusida tashkillangan o‘quv seminarlari va davra suhbatlarida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlari mamzun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Amalga oshirilayotgan tadbirlar avvalo inson, uning manfaatlari himoyasi uchun tashkillanayotganligi alohida ta’kidlanib, yig‘ilishlarda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga qonunchilik atroflicha javoblar berildi.

O‘quv seminarlari davomida ishtirokchilar e’tiboriga yetkazilayotgan mavzuning keng ochib berilishi, ochiq muloqotlarda ishtirokchilarning bevosita ishtiroki, jonli muloqot tarzida tashkil etilgani tadbirlardan ko‘zlangan maqsadga erishilishini ta’minladi.

Baxtiyor Jo‘raev
Beshariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment