Qaytim berayapsizmi, sotuvchi? || So‘rovnoma
Mazkur video USAGM Workshops in Uzbekistan loyihasi doirasida «Savdo va xizmat sohasida naqd pul muomalasi: cheklanishlar va yo‘qotishlar» mavzusi uchun tayyorlandi.
Ma’lumki, bugungi kunda tovar (ish, xizmat)lar haqini to‘lashda naqd pulsiz ko‘rinishdagi to‘lovlarning shakllari va ularning umumiy to‘lovlardagi ulushi kundan-kunga ortib bormoqda. Lekin mamlakatimizda naqd pulla asosdagi hisob-kitoblar hali-hanuz dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q.
Shu nuqtai nazardan, «Savdo va xizmat sohasida naqd pul muomalasi: cheklanishlar va yo‘qotishlar» mavzusini yoritishda savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlari vakillari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdik. So‘rovnoma 1 ta savolga 3 ta javob variantidan iborat shaklda bo‘ldi:
Savol:
– Nega oldi-sotdi amalga oshirilgach (xizmatlar ko‘rsatilgach) iste’molchiga qaytimni pul (tanga) ko‘rinishida bera olmayapsiz?
Javob variantlari:
A) mayda pul yetishmaydi, lekin xizmat ko‘rsatuvchi bankimga bu masalada talab bilan murojaat qilganim yo‘q;
B) mayda pul yetishmaydi, xizmat ko‘rsatuvchi bankimga bu masalada talab bilan murojaat qilganman, lekin u ta’minlab bera olmayapti;
V) bizda bu borada muammo yo‘q, qaytimni pul (tanga) bilan berayapmiz, hohlasangiz xaridorlarimizdan so‘rashingiz mumkin.
G‘ayrat Mamatkulov
Hududiy birlashma Axborot xizmati rahbari,
mustaqil tadqiqotchi
Post Comment