Quvasoyda targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ijro etuvchi apparati tashabbusi bilan shahar madaniyat uyida tizim xodimlarining huquqiy savodxonligi va iste’mol madaniyatini oshirishga doir yana bir tadbir tashkillandi.
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini o‘rganamiz” mavzusida tashkillangan mazkur targ‘ibot-tashviqot yo‘nalishidagi davra suhbatida amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berish barobarida, Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi organlari tomonidan iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida axborotlar berib o‘tildi.
Ishtirokchilar tadbir doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham javoblar oldilar.
Axadjon Rasulov
Quvasoy shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment