Ta’lim muassasalari xodimlari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda

Ta’lim muassasalari xodimlari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda

Dang‘ara tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari tumandagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim dargohlari xodimlari bilan ochiq, yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazmoqdalar.

Tadbirlardan ko‘zlangan maqsad, Federatsiyaning tayanch guruhlari tashkillangan ta’lim muassasalarida tayanch guruhi a’zolari holidan xabar olish, tashkillanmagan muassasalarda xodimlar (iste’molchilar)ni iste’molchilik ijtimoiy harakatiga jalb qilish, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini yanada oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, aholining keng qatlamlarini sohaga oid yangiliklardan xabardor qilish va boshqalardan iborat.

Tadbir doirasida aholi vakillarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilmoqda, huquqiy maslahatlar berilmoqda, shuningdek qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar tegishli ravishda qayd qilib olinib, ularni hal qilish choralari ko‘rilmoqda.

Saidamir G‘ulomqodirov
Dang‘ara tuman jamiyati raisi

Post Comment