To‘lovlar to‘langan ammo…

To‘lovlar to‘langan ammo…

Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassisi «Toshloq» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi M.Mamatxonovning maishiy chiqindilarni olib ketish xizmatlarini ko‘rsatuvchi “Sanitar eko servis” korxonasi xizmatidan norozi bo‘lib qilgan murojaatini o‘rganib chiqdi.

Iste’molchining iddao qilishicha, uning tomonidan 2018-2020 yillar uchun korxona hisobiga to‘langan 625 500 (olti yuz yigirma besh ming besh yuz) so‘m to‘lovlar negadir uning shaxsiy hisob raqamida aks etmagan. Buni natijasida iste’molchida korxona oldida 267 000 (ikki yuz oltmish yetti ming) so‘m qarzdorlik ham yuzaga kelgan. U ushbu masalani korxona bilan muzokaralar vositasida hal qila olmagach, tuman jamiyatimizga amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Iste’molchi murojaatini o‘rganish jarayonida korxona mutassadilariga murojaat etildi. Ular muammoni korxonaning nomi o‘zgarganligi, shu bois to‘langan mablag‘ iste’molchining hisobiga kelib tushmay, “Toza hudud” DUK viloyat boshqarmasi hisobida muallaq turgani bilan izoxlashdi.

Muammo muzokaralar yo‘li bilan hal bo‘lavermagach, tuman jamiyati ushbu masalada “Toza hudud” DUK viloyat boshqarmasiga nisabatan sudga da’vo arizasi kiritdi. Lekin javobgar tomonning sud muhokamasiga qadar qilgan sa’y-harakatlari natijasida masala iste’molchi foydasiga hal qilinib, pul mablag‘lari to‘liq uning hisob raqamiga kelib tushishi ta’minlandi.

Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Illyustrativ foto (foto ekopress.uz )

Post Comment