Ikki yil oldingi haqdorlik summasi iste’molchining shaxsiy hisob raqamiga kiritilishiga erishildi
Quva tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tumanda istiqomat qiluvchi M.T.ning gaz idorasi tomonidan asossiz qarzdorlik hisoblanayotganligi holati yuzasidan qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.
O‘rganish davomida xonadon 2004 yilning dekabr oyida gazlashtirilib, tegishli ravishda to‘lov daftarchasi yuritilganligi, 2021 yilning iyun oyi boshlarida xonadondagi gaz hisoblagich uskunasi yangi zamonaviysiga almashtirilganligi, almashtirish vaqtida eski gaz hisoblagich ko‘rsatkichi 4195 metr kubni tashkil qilganligi, gaz hisoblagich uskuna xonadonning tashqarisidagi devorga o‘rnatilib, 12-sonli dalolatnoma rasmiylashtirilganligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, fuqaro 2021 yilning avgust oyida xonadonida tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha qarzdorlik asossiz hisoblanayotganligi holati bo‘yicha murojaat qilganligi va o‘rganish natijasida uning qarzdor emas, aksincha 500 ming so‘m miqdorida haqdorligi aniqlangan bo‘lsada, o‘sha paytda “Billinggaz” dasturi yangilanganishi jarayonida ushbu haqdorlik summasi iste’molchining shaxsiy hisob raqamida aks ettirilmasdan qolib ketganligi qayd qilindi.
O‘rganish ishlari davomida tomonlarga amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari targ‘iboti olib borilib, iste’molchining 500 ming so‘m miqdoridagi haqdorlik summasini «Billinggaz» dasturiga kiritilishiga erishildi.
Adxamjon Xamidov
Quva tuman jamiyati raisi
Post Comment