«Temir daftar»da turadigan fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatildi
Qo‘shtepa tumanilik X.I. o‘z yashash mahallasida «Temir daftar»da turishi, bunday toifadagi oilalarni kichik tadbirkorlik yo‘nalishidagi faoliyat turlariga jalb qilish orqali, ularning moddiy ahvolini yaxshilash yo‘lida Hukumat tomonidan yaratilgan imkoniyat va sharoitlardan foydalangan holda tijorat bankidan ajratiladigan imtiyozli kreditni olishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilgan.
Murojaati Qo‘shtepa tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari hamda «Agrobank»ning tuman filiali mas’ullari ishtirokida o‘rganib chiqilishi jarayonida fuqaroning imtiyozli kredit olish to‘g‘risidagi arizasi qondirilishiga hamda unga do‘ppichilik yo‘nalishida o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi uchun 5 million so‘m miqdorida kredit mablag‘i ajratilishiga erishildi.
– Men 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga o‘z muammoim bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilgandim. Qo‘shtepa tuman jamiyati xodimlari murojaatimni tez muddatlarda hal etib berishdi. Bu tashkilotga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, – deydi murojaat egasi jamiyat rahbari nomiga bergan minnatdorchilik xatida.
Saidova Ma’rifatxon
Qo‘shtepa tuman jamiyati raisi
Post Comment