Sotuvchi tovarga kafolat muddati belgilanmagan deb qutilmoqchi bo‘ldi, lekin qonun bunga yo‘l qo‘ymadi
Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning «Soybo‘yi» ko‘chasida yashovchi fukaro T. S.ning xarid qilingan choy qaynatgichlar sifatsiz chiqqach, sotuvchiga nuqsonli tovarni almashtirish yoki pulini qaytarish bo‘yicha qo‘yilgan talablarini bajarilmayotganligi xususidagi murojaati o‘rganildi.
Murojaatda ma’lum kilinishicha, fuqaro o‘zi yashab turgan hududdagi savdo do‘konidan oshxona faoliyatida foydalanish uchun 4 dona Tefal rusumli suv kaynatgichlarni iyul oyining 20-sanasida sotib olgan. Lekin suv qaynatgichlar birin-ketin ishdan chiqa boshlagan. Murojaatchi mazkur masalada sotuvchiga e’tirozlarini bildirganida, u oldi-sotdi jarayonida suv qaynatgichlarga kafolat muddati belgilanmaganligini aytganligini vaj qilib ko‘rsatib, tovarni almashtirib berishdan bosh tortganligini ham qo‘shimcha qiladi.
Garchi oldi-sotdi jarayonida sotuvchi tomonidan xarid qilinayotgan uzoq muddat foydalaniladigan tovarga kafolat muddati belgilanmaganligi aytilib, iste’molchi bu haqda ogohlantirilgan bo‘lsada, amaldagi qonun mazkur muddatni 6 oy qilib belgilaydi. Ya’ni qonunning 13-moddasiga ko‘ra, agar nuqsonlar kafolat muddati va yaroqlilik muddati belgilanmagan tovarlar bo‘yicha olti oy mobaynida aniqlansa, iste’molchi o‘zining qonundagi huquqlarini to‘laqonli ro‘yobga chiqara oladi.
Murojaatni o‘rganish doirasida sotuvchi bilan uchrashilib, yuzaga kelgan holatda amaldagi qonunchilik talablari, mazkur talablarni bajarmaslik oqibatida kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar tushuntirilganidan so‘ng, u iste’molchining 280 000 so‘m pulini qaytarib berdi.
Farxodjon Xaydarov,
shahar jamiyati raisi.
Post Comment