Iste’molchini uzoq vaqt qiynab kelgan muammo bartaraf qilindi
Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning Huqandiy mavzesida istiqomat qiluvchi N.G.ning bundan bir yil oldin bajarilgan buyurtma bo‘yicha sotuvchiga bildirgan e’tirozi e’tiborsiz qoldirilayotganligi to‘g‘risida murojaati ko‘rib chiqildi
Iste’molchining ma’lum qilishicha, u o‘tgan yilning iyun oylarida shahardagi Buyum bozori hududida faoliyat olib borayotgan M. ismli tadbirkorga gilam buyurtma qilib, 4 000 000 so‘m pulini ham oldindan to‘laydi. Lekin gilam xonadonga keltirilganida u buyurtma qilgan fasondan boshqa fasondagiligini ko‘rib gilamni keltirgan shaxsga o‘zini e’tirozini bildiradi. Sotuvchi vakili gilamni olib qolaverishni, keyin boshqa fasondagisiga almashtirib berishlarini aytib, gilamni xonadonda qoldirib ketadi. Shundan keyin u bir necha bor sotuvchiga bu haqda eslatadi. Lekin ana, mana qabilidagi bahonalar bilan uning talabi bajarilmasdan keladi. Shundan so‘ng Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib ushbu masalada amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘raydi.
Murojaatni o‘rganish jarayonida shahar jamiyati mutaxassislari ushbu masalada sotuvchi bilan uchrashganlarida u haqiqatan ham iste’molchi bilan bo‘lib o‘tgan oldi-sotdi amaliyotini tan olgach, unga amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Natijada gilam sotuvchiga qaytarilib, iste’molchining 4 000 000 so‘m pulini qaytarilishiga erishildi.
Muhammadjon O‘lmasov,
shahar jamiyati mutaxassisi
(illustrativ foto)
Post Comment